Rinoplastika uchun minus 2,5 million so'magar siz arizanihozirda qoldirsangiz!

Bugun bepul maslahat oling!
Получить скидку 30%

Ko'p so'raladigan savollar

Umumiy masalalar

Rinoplastika haqida savollar

  • Agar natija sizga yoqmasa, operatsiyani takrorlash tavsiya etiladimi?

    Shoshishga hojat yo‘q. Operatsiyaning ta’siri to‘liq bilinguncha kutish kerak. 10-12 oydan so‘ng, agar natija qoniqarli bo‘lmasa, shifokorga qaytishingiz mumkin.

  • Bitish jarayoni qanday kechadi?

    Reabilitatsiya jarayoni odatda asoratlarsiz o‘tadi. Birinchi kunlarda shishish kuchayadi, keyin pasayishni boshlaydi. Burun ichida 2-3 kun davomida tamponlar, ustida esa gipsli bandaj bo‘ladi, u 7-10 kun davomida olib tashlanishi kerak. Barcha protseduralar va manipulyatsiyalar shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Birinchi haftalarda burun orqali nafas olish qiyin bo‘ladi.

  • Breketlar rinoplastika qilishga to‘sqinlik qiladimi?

    Yo‘q. Breketlar bilan ham operatsiya qilish mumkin.

  • Burun korreksiyasi og‘riqlimi?

    Bemor uyquga ketib qoladi va operatsiya vaqtida hech narsani his qilmaydi. Operatsiyadan keyin bitish jarayonida yengil og‘riq va noqulaylik his qilinishi mumkin.

  • Burun korreksiyasidan keyin qanday uxlash kerak?

    Siz faqat orqa tarafingizda, boshingizni ko‘targan holda, ya’ni yarim o‘tirgan holda uxlashingiz kerak.

  • Burun korreksiyasini qayerda qilish kerak?

    Operatsiyalar ixtisoslashtirilgan klinikada tajribali rinoplast huzurida yoki jag‘-yuz operatsiyalar o‘tkaziladigan jarrohlik bo‘limida amalga oshirilishi kerak. Odatda, jarrohlik tibbiy sabablarga ko‘ra davlat shifoxonalarida amalga oshiriladi. Xususiy klinikalar estetik muammolar tufayli murojaat etiladigan rinoplastikani amalga oshiradilar.

  • Burunni yuvish kerakmi?

    Tamponlarni olib tashlaganingizdan so‘ng, burunni ehtiyotkorlik bilan yuvish va shilliq qavatni namlash tavsiya etiladi. Shifokor sizga protseduralarning xususiyatlari haqida ko‘proq ma’lumot beradi.

  • Burunning shaklini xohlagancha o‘zgartira olasizmi?

    Nazariy jihatdan, rinoplastika xohlagan marotaba amalga oshirilishi mumkin. Shifokorlar esa bunday operatsiyani 1 martadan ortiq qilishni tavsiya etmaydi, chunki keyingi operatsiyalarning ta’sirini oldindan aytish qiyin.

  • Gips qachon olib tashlanadi?

    Barchasi operatsiyaning individual xususiyatlariga bog‘liq. Gips odatda 1-2 hafta ichida olib tashlanadi.

  • Hayz ko‘rish paytida operatsiya qilish mumkinmi?

    Bunday kunlarda jarrohlik manipulyatsiyalarini qilish tavsiya etilmaydi. Eng yaxshi kunlar tsiklning o‘rtasida.

  • Jarrohlikdan keyin homiladorlik?

    Homiladorlikni operatsiyadan 8-12 o‘tgandan keyin, tana kuchayib, hamma narsa butunlay tuzalib ketganda rejalashtirish mumkin.

  • Kosmetikadan qachon foydalanish mumkin?

    2 haftadan so‘ng va ehtiyotkorlik bilan.

  • Nima mumkin va nima mumkin emas?

    Mumkin: • Burun bo‘shlig‘ini ehtiyotkorlik bilan yuvish; • sovuq kompresslar qilish; • shifokor ko‘rsatmasiga binoan dori-darmonlarni ichish va choklarni ehtiyotkorlik bilan artish; • burunga tegmasdan yuzni yuvish va parvarish qilish; • iliq dush ostida yuvish; • baland yostiqda chalqanchasiga yotish. Mumkin emas: • hammom, sauna, kurort, solyariy, basseynga borish; • jismoniy mashq qilish va og‘irlikni ko'tarish; • yon tomonda yoki qorinda uxlash; • uzoq vaqt davomida boshni pastga tushirgan holatda qolish; • yuz mushaklarini faol ishlatish, keng tabassum qilish va hokazolar; • burundan turundalarni o‘zboshimchalik bilan olib tashlash, bandaj va choklarni olib tashlash; • yuzga kosmetik muolajalar qilish, pilinglar, skrablar, chuqur tozalash protseduralaridan foydalanish, massaj qilish; • quyoshda va UV nurlari ostida bo‘lish; • chekish va spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish, yaxshisi ichishni umuman rad qilish; • issiq yoki sovuq ovqat iste’mol qilish; • ayniqsa og‘ir gardishli ko‘zoynak taqish.

  • Operatsiya qancha davom etadi?

    Jarrohlik manipulyatsiyasi 1 dan 4 soatgacha amalga oshiriladi. Barchasi bemorning individual xususiyatlariga va operatsiya kechishiga bog‘liq.

  • Operatsiya qanday kechadi?

    Burun korreksiyasi bo‘yicha operatsiya umumiy anesteziya ostida amalga oshiriladi. Bemor uxlab qoladi va hech narsani sezmaydi. Rinoplastikaning 2 turi mavjud - ochiq va yopiq. Jarrohning barcha manipulyatsiyalari operatsiyadan oldin ehtiyotkorlik bilan rejalashtiriladi, ammo hamma narsa to‘liq aytganingizdek bo‘lmasligi mumkin, chunki har bir bemor individualdir.

  • Operatsiyadan keyin chekish mumkinmi?

    Tavsiya etilmaydi. Faqat 2 oydan so‘ng, to‘qimalar tiklana boshlaganda va tana kuchayib borgandagina, ozgina chekishingiz mumkin.

  • Operatsiyasiz burun korreksiyasi bormi?

    Bunday rinoplastika fillerlar yoki botulotoksin inyektsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Bunday usullar og'ir deformatsiyalarni tuzatish uchun to‘g‘ri kelmaydi va burun shaklini sezilarli darajada o‘zgartirishga yordam bermaydi.

  • Parvozlarni qachon amalga oshirish mumkin?

    2 haftadan keyin, oldin emas.

  • Qachon ko‘zoynak taqish tavsiya etiladi?

    Agar operatsiya faqat burun uchida amalga oshirilgan bo‘lsa, qisqichlarni olib tashlaganingizdan keyin ko‘zoynak taqishga ruxsat beriladi. Boshqa hollarda, 3 oydan keyin taqish mumkin. Aniq javobni shifokoringizdan so‘rang.

  • Qachon spirtli ichimliklarni iste’mol qilish mumkin?

    Spirtli ichimliklarni, hatto yengil kokteyllarni ham ichish tavsiya etilmaydi. 2 oydan keyin biroz ta’tib ko‘rishingiz mumkin.

  • Qanday parvarish qilish kerak?

    Birinchi haftada burunga gipsli bog‘ich qo‘yiladi, uni namlash kerak emas. Suyuq muhit bilan aloqa qilishdan saqlanish kerak bo‘ladi. Choklar xlorgeksidin bilan artiladi. Burunning ichki qismi vazelin bilan namlanadi. Keyin shifokor chandiqlarning bitishi uchun malhamlarni buyuradi. Shuningdek, chalqanchasiga baland yostiqda yotish kerak bo‘ladi, ko‘zoynak taqmaslik va har qanday kasallik hamda jismoniy mashg‘ulotlardan saqlanish kerak.

  • Rinoplastika nima?

    Rinoplastika - bu burun shaklini to'g'rilash va uning funksionalligini tiklash uchun qilinadigan jarrohlik aralashuvidir. Bu operatsiya yordamida bilan burunning turli nuqsonlari va deformatsiyalari bartaraf etiladi, bemorlarning estetik va tibbiy muammolari hal qilinadi. Agar septumni tuzatish va burun shaklini chiroyli qilish kerak bo‘lsa, unda rinoseptoplastika kerak bo‘ladi.

  • Rinoplastika qaysi yoshda amalga oshiriladi?

    18 yoshga to‘lgunga qadar bunday operatsiyalarni o‘tkazmaslik tavsiya etiladi. Biroq, ayrim hollarda, rinoplastika 16 yoshda yoki biroz oldinroq, ota-onalarning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra, operatsiya masalasi shifokor tomonidan hal qilinadi. Agar siz burun shaklini estetik istaklarga ko‘ra o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, unda buning uchun eng yaxshi vaqt 20 yoshdan 40 yoshgacha. Keyinchalik tiklanish jaroyoni sekinlashishi mumkin.

  • Shish qachon pasayadi?

    Burun korreksiyasidan keyin shishish odatda bir oydan keyin butunlay yo‘qoladi. Har bir narsa individualdir va jarrohlik aralashuvining murakkabligiga va bemorning tanasiga bog‘liq. 3-kuni shishish sezilarli bo‘ladi. Keyin shish bir necha kun davomida bir xil darajada turadi va keyin sekin pasayishni boshlaydi. Rinoplastikadan keyin yengil shishish 2-3 oy davomida ham sezilarli bo‘ladi. To‘liq tiklanish va shifo olti oy ichida sodir bo‘ladi.

  • Solariy va hammomga kirishga qaysi vaqtdan boshlab ruxsat beriladi?

    Sauna yoki basseynga borishga, zagar olishga shoshmang. Faqat 2 oydan keyin bunday joylarga borishingiz mumkin.

  • Sport bilan shug‘ullanishga qachon ruxsat beriladi?

    1-2 oydan so‘ng, yengil mashqlar qilishni boshlang, faqat egilmasdan. 3-4 oydan keyin jismoniy faollikni biroz oshirishingiz mumkin. 1 yil davomida travmatik o‘yinlar va mashg‘ulotlardan saqlaning.

  • Yuzni qachon tozalash mumkin?

    Ultratovushli tozalashni 1 oydan keyin, mexanik tozalashni 2 oydan keyin qilish mumkin.