Rinoplastika uchun minus 2,5 million so'magar siz arizanihozirda qoldirsangiz!

Bugun bepul maslahat oling!
Получить скидку 30%

Rinojarroh

Do‘stlar va, ehtimol, mening bo‘lajak bemorlarim, agar siz mening saytimga tashrif buyurgan bo‘lsangiz, demak, siz bilan yaqinroq tanishish vaqti keldi!

Men rinoplastika bilan shug‘ullanuvchi shifokor - Qurbonov Shuhrat Juraevich.

O‘z go‘zalligingiz va sog‘lig‘ingizni jarrohga ishonib topshirish uchun sizga katta jasorat kerak, shuningdek, eng qimmatli narsa – sog‘ligingiz va go‘zalligingizni ishonib topshirmoqchi bo‘lgan mutaxassisning tajribasi va bilimiga ishonch kerak.

LOR jarroh Qurbonov Shuhrat

Men shaxs sifatida, plastik va LOR jarrohi sifatida aniq tasavvurga ega bo‘lishingiz uchun o‘zim haqimda iloji boricha batafsil va aniq aytib berishga qaror qildim.

Ushbu sahifada siz men va mening professional faoliyatim haqida bilib olasiz. Men 2019-yildan beri rinoplastika bilan shug‘ullanaman. Bungacha, 2010-yildan boshlab LOR shifokori bo‘lib ishlab kelganman. Shunday qilib, mening tajribam juda katta. Bemorlarim Ichida burunning jiddiy estetik va funktsional muammolari bo‘lgan odamlar bo‘lgan. Bu bemorlarim muammolarini barchasini samarali va chiroyli tarzda hal qilishga muvaffaq bo‘lganman. Shunday ekan, murojaat qilavering.

Yordam berishdan xursand bo‘laman. Agar siz burun shaklini, tug‘ma nuqsonlarni yoki orttirilgan disfunktsiyalarni tuzatishingiz kerak bo‘lsa, biz bilan bog‘laning.

Men bilan bog‘lanish sabablari:
■ Burun devori bilan bog‘liq muammolar
■ Jarrohlik aralashuvini talab qiladigan ba’zi LOR kasalliklari (kista, adenoidlar, surunkali sinusit va boshqalar).
■ Burun va quloq shakli estetik muammolari (rinoplastika)

Agar sizda ushbu ro‘yxat ichidagi muammoning birortasi bo‘lsa, men bilan bog‘laning!

Mening ishlarim bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Plastik jarroh rinoplastika

Sizlarga o‘zimni shaxs va mutaxassis sifatida tanishtirishimga ruxsat bersangiz.

Men Buxoroda tug‘ilib o‘sganman. Bolaligimdan shifokor bo‘lishni va odamlarga foyda keltirishni orzu qilib, maktabdan so‘ng, shubhasiz, darhol o‘z kasbiy yo'limni tanladim.

BuxTIga o‘qishga kirib, LOR shifokori ixtisosligini tanladim. Keyinroq, shahar klinikasida ishlaganimda, plastik LOR jarrohi bo‘lishga qaror qildim. Menga odamlarni nafaqat sog‘lom, balki go‘zal qilish ham yoqadi. Har bir inson o‘ziga xosligi bilan go‘zal ekanligiga ishongan bo‘lsa-da, ba’zi odamlar nafaqat estetik xususiyatga ega, jiddiy muammolarga duch kelishadi. Ba'zi odamlarga faqat jarrohlik yo'li bilan hal qilinishi mumkin bo'lgan burun muammolari tufayli nafas olish qiyin va shu sababli, ular uxlay olmaydilar. Shuning uchun men o’z ustimda ko’proq ishlashga qaror qildim. Rinoplastika bo'yicha ko'nikmalarim va texnikamni takomillashtirish va yaxshilashda davom etmoqdaman. Har kuni turli darajadagi murakkablikdagi bir nechta operatsiyalarni bajaraman, bilimimni boyitib, o'zimni rivojlantirib kelmoqdaman.

Rinojarroh Doktor Shuhrat

Maslahat olish uchun men bilan bog'lanib, barcha savollaringizga professional javob olasiz.

Men sizning qo‘rquv va shubhalaringizni istisno qilaman, to'g'ridan-to'g'ri siz uchun eng yaxshi yechimni topaman.

Men tomonimdan qo‘llaniladigan usullar va texnologiyalar minimal noqulaylik, vaqt va moddiy xarajatlar bilan burun va quloqlarning kerakli shaklga keltirishga yordam beradi. Bog‘laning.

Men sizni maslahatimgaga taklif qilaman, va u mutlaqo bepul.

Qisqacha avtobiografiya
■ 1998-yil - Buxoro tibbiyot institutini muvaffaqiyatli tamomlagan.
■ 1998 – 1999-yillar - Buxoro shahar shifoxonasi negizida jarrohlik bo'yicha internatura.
■ 1999 - 2001 -yillar Buxoro tibbiyot institutida LOR ixtisosligi bo'yicha ordinatura.
■ 2001 - 2009 -yillar Buxoro shahar shifoxonasi LOR bo'limida ordinator lavozimida ishlagan.
■ 2005-yil - Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam bo'limida ishlagan va o'qigan.
■ 2009-yil - Toshkent shifokorlarni malakasini oshirish instituti Foniatriya kursini tamomlagan.
■ 2010-yil Toshkent shahrida yashagan va ishlagan.
■ 2010-2019 -yillar O'zbekiston Respublikasi IIB Markaziy poliklinikasida LOR shifokori.
■ 2012-yil Endoskopik rinosinus jarrohlik kursini tamomlagan, Qozon shahri.
■ 2019-yil - Rinoplastika kursini tamomlagan, Sankt-Peterburg shahri.
■ 2019-yildan shu kungacha - "HAPPY LIFE" va "LoraStomServis" klinikalarida ishlayman.

Do’stlar, o’z sohamning har qanday mutaxassisi kabi, men ham o’z soham bo'yicha o'rganish va takomillashishda davom etmoqdaman! Tibbiyot bir joyda turmaydi, u yanada yangiroq texnologiyalarni taklif qiladi!

Bemorlarimni yanada go'zal, sog'lom va baxtliroq qilish uchun taraqqiyot sari intilaman! ))